NUR
Ezra 6
1Shundan so‘ng shoh Doro, Bobilda saqlanadigan hujjatlar sinchiklab qarab chiqilsin, deb farmon berdi.
2Nihoyat, Midiya viloyatining markazi Yekbatana shahridagi arxivdan bir o‘rama qog‘oz topildi. Unda quyidagilar yozilgan edi:
3“Shoh Kurush o‘z hukmronligining birinchi yilida Xudoning Quddusdagi uyiga oid shunday farmon chiqardi: Xudoning uyi oldingi o‘rnida qayta qurilsin, toki odamlar u yerda qurbonliklar keltira oladigan bo‘lishsin. Bu uyning balandligi oltmish tirsak, kengligi ham oltmish tirsak bo‘lsin.