NUR
Ezra 1
1Egamizning Yeremiyo orqali aytganlarini bajo qilish uchun Fors shohi Kurushning ruhini qo‘zg‘atdi. Bu voqea Kurush hukmronligining birinchi yilida sodir bo‘ldi. Shoh Kurush shohligining hamma tomoniga xabarchilar jo‘natib, yozma farmonda quyidagilarni e’lon qildi:
2“Fors shohi Kurush shunday demoqda: — Samoviy Xudo — Egamiz yer yuzidagi jamiki shohliklarni menga bergan. U Yahudo yurtidagi Quddus shahrida O‘ziga bir uy qurishni menga topshirdi.
3Xudoning xalqidan bo‘lganlarga men ijozat beraman: ular Quddusga borishlari va Isroil xalqining Xudosi — Egamizning uyini qayta qurishlari mumkin. Quddusda sajda qilinadigan Xudo Udir. Isroil xalqiga o‘zlarining Xudosi yor bo‘lsin.