NUR

Hizqiyo 5

1Egamiz shunday dedi: “Ey inson, o‘tkir bir qilich ol. Ustara o‘rniga o‘shani ishlatib, soching bilan soqolingni qirib tashlagin. So‘ng sochingni tarozida o‘lchab, teng uch qismga bo‘lgin.

2Shaharning qamal kunlari tugaganda sochingning bir qismini g‘ishtga chizilgan shahar o‘rtasida yondir. Ikkinchi qismini shahar atrofiga sochib tashlab, qilich bilan maydala. Uchinchi qismini esa shamolda uchirtirib yuborgin. Men qilichimni yalang‘ochlab, shahar aholisini ta’qib qilaman.

3Sochingning ozginasini olib, choponingning etagiga qistirib qo‘y.

Nur ilovasida to'liq o'qish →