NUR
Hizqiyo 34
1Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2“Ey inson, Isroil cho‘ponlariga qarshi bashorat qil. Ularga bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil cho‘ponlari, sizning holingizga voy! Sizlar qo‘ylarni boqish o‘rniga o‘zingizni boqib yuribsizlar!
3Eng semiz qo‘ylarni so‘yib, dumba yeysizlar. Jundan to‘qilgan kiyimlar kiyasizlar. Qo‘ylarni esa boqmaysizlar.