NUR
Hizqiyo 33
1Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2“Ey inson, xalqing oldiga borib shunday so‘zlarni ayt: Bordi–yu, Men biron bir yurtga qilich yubormoqchi bo‘lsam, o‘sha yerdagi xalq o‘ziga bir soqchini tayinlaydi.
3Soqchi yaqinlashib kelayotgan yov qo‘shinlarini ko‘rgach, burg‘u chalib bu haqda butun xalqni ogohlantiradi.