NUR
Hizqiyo 22
1Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2“Ey inson, qotillar shahrini hukm qilgin. Uning jirkanch odatlarini yuziga solgin.
3Shunday deb ayt: Egamiz Rabbiy aytmoqda: ey Quddus, sen o‘z ko‘chalaringda qon to‘kib, boshingga balo orttirding. Butlar yasab, o‘zingni bulg‘ading.