NUR
Chiqish 9
1Shundan keyin Egamiz Musoga yana gapirdi: — Fir’avnning huzuriga borib, unga Mening shu gapimni yetkaz: “ Ibroniylarning Xudosi — Egamiz, Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilishsin, deb aytmoqda.
2Agar ijozat bermay, Isroil xalqini ushlab turaversang,
3chorvangni — otlaringni, eshaklaringni, tuyalaringni, mol–qo‘ylaringni Egamiz o‘z qudrati bilan urib, og‘ir o‘lat kasali yuboradi.