NUR

Chiqish 33

1Keyin Egamiz Musoga aytdi: — Qani, sen ham, Misrdan o‘zing olib chiqqan xalqing ham bu joydan ketinglar. Ota–bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga Men: “Sizlarning naslingizga beraman”, deb qasam ichgan yurtga ketinglar.

2Sendan oldinda farishtani yuborib, Kan’on, Amor, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini haydayman.

3Sut va asal oqib yotgan o‘sha yurtga boringlar. Ammo Men sizlar bilan bormayman, chunki sizlar o‘jar xalqsiz. Sizlar bilan borsam, sizlarni yo‘lda halok qilib tashlashim mumkin.

Nur ilovasida to'liq o'qish →