NUR

Chiqish 26

1Endi Muqaddas chodirning o‘ziga kelsak, uning ichki qavatini qildir. U mayin zig‘ir matosidan tikilgan o‘nta choyshabdan iborat bo‘lsin. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlatib, bu choyshablarni bezattir.

2Har bir choyshabning bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak bo‘lsin. Hamma choyshablarning o‘lchovi bir xil bo‘lsin.

3Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir–biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan beshtasini ham shunday qildir.

Nur ilovasida to'liq o'qish →