NUR
Chiqish 19
1Isroil xalqi Rafidimdan ketdi. Misrdan chiqqandan keyin uchinchi oyning birinchi kuni ular Sinay sahrosiga yetib keldilar. Ular Sinay tog‘i etagida qarorgoh qurdilar.
2Muso toqqa — Xudoning huzuriga chiqdi. Egamiz tog‘dan uni chaqirib, shunday dedi: — Yoqub nasliga — Isroil xalqiga shunday deb ayt:
3“Men, Egangiz, Misrliklarni nima qilganimni ko‘rgansizlar. Burgut o‘z bolalarini qanotlari ustida ko‘tarib keltirganday, Men sizlarni ko‘tarib, huzurimga olib kelganimni ham ko‘rgansizlar.