NUR
Ester 9
1Shohning amru farmoni ijro qilinadigan o‘n ikkinchi oy — Adar oyining o‘n uchinchi kuni keldi. Bu kunni yahudiylarning g‘animlari, ularning ustidan hukmronlikni egallaymiz, deb umid bilan kutgan edilar. Ammo aksincha bo‘lib chiqdi: yahudiylar o‘z g‘animlari ustidan hukmronlikni o‘rnatdilar.
2Yahudiylar yovuz kimsalarga qarshi kurashish uchun shoh Axashverashga qarashli hamma viloyatlardagi o‘zlari yashaydigan shaharlarda bir joyga yig‘ildilar. Hech kim yahudiylarga dosh bera olmadi, chunki yahudiylardan qo‘rquv tuyg‘usi hamma xalqlarni qamrab olgan edi.
3Viloyatlardagi hamma beklar, noiblar, hokimlar va shohning a’yonlari Mordaxaydan qo‘rqqanlari uchun yahudiylarni qo‘llab–quvvatladilar.