NUR
Ester 5
1Uchinchi kuni Ester shohona liboslarini kiyib, saroyning ichki hovlisida — shoh yashaydigan xosxona ro‘parasida paydo bo‘ldi. Shoh xosxonaning to‘ridagi taxtda o‘tirib,
2hovlida kutib turgan malika Esterni ko‘rdiyu, unga marhamat qildi va qo‘lidagi saltanatning oltin hassasini Esterga tomon cho‘zdi. Ester yaqinroq kelib hassaning uchiga tegindi.
3Shoh undan: — Senga nima kerak, malika Ester? — deb so‘radi. — Tilaging nima? Hatto yarim shohlikni so‘rasang ham beriladi.