NUR

Ester 10

1Shoh Axashverash o‘z shohligining bu chetidan tortib orollargacha bo‘lgan joylarda o‘lpon yig‘ardi.

2Uning kuch–qudrati, faoliyati va Mordaxayni har jihatdan qanday yuksaltirgani Fors hamda Midiya shohlarining “Kundalik xotiralar” kitobida yozilgan.

3Yahudiy Mordaxay, huquqi bo‘yicha, shoh Axashverashdan keyin turardi. U yahudiy qabiladoshlari orasida ulug‘likka erishdi, birodarlari orasida hurmatga sazovor bo‘ldi. Chunki u o‘z xalqi manfaati uchun, hamma qabiladoshlarining tinchligi uchun kurashardi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →