NUR
Efesliklarga 5
1Xudoning sevikli farzandlari ekansiz, endi Xudodan o‘rnak olinglar.
2Masih bizni yaxshi ko‘rib, biz uchun O‘zini fido qildi va shu yo‘sin Xudoga ma’qul keladigan qurbonlik bo‘ldi. Sizlar ham Iso Masihga o‘xshab, xuddi shunday mehr–muhabbat bilan yashanglar.
3Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochko‘zlik hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas.