NUR
Efesliklarga 1
1Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan Iso Masihga sodiq bo‘lgan Efes shahridagi Xudoning azizlariga salom!
2Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
3Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin. U samodagi barcha ruhiy barakalarni Masih orqali bizlarga berdi.