NUR

Qonunlar 7

1Egangiz Xudo sizlarni egalik qiladigan yurtingizga olib kiradi. O‘shanda U oldingizdan Xet, Girgosh, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv, Yobus kabi yettita xalqni haydaydi. Ular sizlardan ko‘ra, ko‘proq va kudratliroqdir.

2Egangiz Xudo bu xalqlarni sizlarning qo‘lingizga topshirganda, sizlar ularni mag‘lub etasizlar. Shunda ularning hammasini tamomila qirib bitiringlar. Ular bilan ittifoq tuzmanglar, ularga rahm–shafqat qilmanglar.

3Ular bilan quda–andachilik qilmanglar, ularga qiz uzatmanglar, o‘g‘illaringizga ularning qizlaridan olib bermanglar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →