NUR

Qonunlar 30

1Men sizlarga aytgan mana shu barakalar yoki la’natlar boshingizga kelganda, Egangiz Xudo sizlarni tarqatib yuborgan xalqlar orasida bularni esga olinglar.

2O‘zlaringiz va farzandlaringiz Egangiz Xudoga qaytinglar. Men bugun sizlarga amr qilayotganday, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Unga quloq solinglar.

3Shunda Egangiz Xudo sizlarni yana farovonlikka erishtiradi. Sizlarga rahm–shafqat qilib, O‘zi tarqatib yuborgan barcha xalqlar orasidan qaytarib yig‘ib keladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →