NUR

Qonunlar 3

1Keyin biz Bashan o‘lkasiga yo‘l oldik. Bashan shohi O‘g o‘zining hamma lashkarini boshlab, Edrey shahri yaqinida biz bilan jang qilgani chiqdi.

2Shunda Egamiz menga dedi: “O‘gdan qo‘rqma. Men uning o‘zini, lashkarini va butun yurtini sening qo‘lingga berganman. Amor xalqining Xashbonda yashagan shohi Sixo‘nni nima qilgan bo‘lsang, uni ham shunday qilasan.”

3Egamiz Xudo Bashan shohi O‘gni ham hamma lashkari bilan birga bizning qo‘limizga berdi. Biz birorta tirik jon qoldirmay hammasini halok qildik.

Nur ilovasida to'liq o'qish →