NUR

Qonunlar 27

1Muso va Isroil oqsoqollari xalqqa shunday buyruq berishdi: — Bugun men sizlarga berayotgan barcha amrlarga rioya qilinglar.

2Ko‘p o‘tmay sizlar Egangiz Xudo beradigan yurtga kirasizlar. Sut va asal oqib yotgan bu yurtni ota–bobolaringizning Xudosi sizlarga va’da qilgan. Sizlar Iordan daryosidan kechib o‘tganingizdan keyin, Ebal tog‘iga boringlar. O‘sha yerga katta toshlarni o‘rnashtiringlar. Ularni suvab, bu qonunlarning nusxasini yozinglar.

3O‘sha yerda Egangiz Xudoga atab, tosh qurbongoh quringlar. Qurbongohga temir asbob tekkizmanglar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →