NUR
Qonunlar 26
1Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtga kirib, u yerni egallab joylashganingizda,
2hamma ekinlaringizning ilk hosilidan olib, savatga solinglar. So‘ng o‘shani Egangiz Xudo O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joyga olib boringlar.
3Xizmatda bo‘lgan ruhoniyning oldiga borib, shunday deb aytinglar: “ Egamiz ota–bobolarimizga qasam ichib beraman, degan yurtga men kirdim. Bugun men shuni Egang Xudo oldida e’tirof qilyapman.”