NUR
Qonunlar 22
1Birodaringizning adashib qolgan molini yoki qo‘yini ko‘rib qolganingizda, o‘zingizni ko‘rmaganga olmang, uni albatta egasiga qaytarib olib boring.
2Agar hayvonning egasi sizdan uzoqda yashasa yoki siz egasini tanimasangiz, uyingizga olib boring. Egasi kelib olib ketmaguncha unga qarab turing, keyin qaytarib bering.
3Birodaringizning eshagiga ham, kiyimiga ham, siz topib olgan har qanday narsasiga shunday munosabatda bo‘ling. O‘zingizni ko‘rmaganga olmang.