NUR
Qonunlar 21
1Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtning biror dalasida odam jasadi topilsa va uni kim o‘ldirgani noma’lum bo‘lsa,
2oqsoqollar va hakamlar murda bilan atrofdagi shaharlar oralig‘idagi masofani o‘lchashsin.
3Murdaga eng yaqin shaharning oqsoqollari hali qo‘shga qo‘shilmagan, bo‘yinturuq solinmagan g‘unajinni olishsin.