NUR
Qonunlar 12
1Ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz sizlarga mulk qilib berayotgan yurtda bajarishingiz lozim bo‘lgan farmonlar va qonun–qoidalar quyidagilardan iboratdir. Bularni bitta qoldirmay bajaringlar.
2Sizlar boradigan yurtdagi xalqlar boshqa xudolarga sig‘inadi. Ularning yurtini qo‘lga kiritganingizdan keyin tog‘ cho‘qqilaridagi, qirlardagi va har bir yashil daraxt ostidagi sajdagohlarini buzib, yo‘q qilinglar.
3Qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini parchalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni yondiringlar, butlarini chopib tashlab, xudolarining nomini u yerdan yo‘q qilinglar.