NUR
Doniyor 5
1Oradan yillar o‘tdi. Bir kuni shoh Belshazar mingta begi uchun katta bir ziyofat uyushtirib, ular bilan mayxo‘rlik qilayotgan edi.
2Shirakayf bo‘lib qolgan shoh: “Katta bobom Navuxadnazar Quddusdagi Ma’baddan olib kelgan oltin va kumush qadahlar keltirilsin!” — deb buyurdi. Shoh beklari, xotinlari va kanizaklari bilan o‘sha qadahlardan sharob ichmoqchi edi.
3Quddusdagi Ma’bad, ya’ni Xudoning uyidan olib kelingan oltin qadahlar bazmxonaga keltirildi. Shohning o‘zi, uning beklari, xotinlari va kanizaklari qadahlardan sharob ichishdi.