NUR

Doniyor 10

1Fors shohi Kurush hukmronligining uchinchi yilida, Beltashazar deb atalgan Doniyorga Xudodan bir xabar kelgan edi. Kelajakda albatta sodir bo‘ladigan kuchli to‘qnashuvga oid bo‘lgan bu xabarning ma’nosi Doniyorga vahiy orqali ayon bo‘ldi.

2Doniyor shunday deb yozdi: “O‘sha paytda men uch hafta azadorday yurdim.

3Uch hafta davomida hech qanday tansiq taom yemadim, go‘sht bilan sharobni og‘zimga olmadim, yuvinib–taranmadim.

Nur ilovasida to'liq o'qish →