NUR

Amos 9

1Men qurbongohning oldida turgan Egamizni ko‘rdim, U shunday dedi: “ Ma’bad ustunqoshlariga shunday zarba beringlarki, Poydevorlari larzaga kelsin. Ustunqoshlar odamlar ustiga o‘pirilib tushsin. Omon qolganlarni Men qilichdan o‘tkazaman, Ulardan birontasi ham qochib ketolmaydi. Hech qaysisi qutulib qolmaydi.

2Ular yer qazib, o‘liklar diyoriga kirishsa ham, Men qo‘limni uzatib, ularni chiqarib olaman. Osmonga chiqib olishsa ham, U yerdan tortib tushiraman.

3Karmil cho‘qqisida yashirinib olishsa ham, Ularni ovlab, qo‘lga tushiraman. Mendan qochib, dengiz tubiga bekinib olishsa ham, Dengiz iloniga amr berib chaqdiraman.

Nur ilovasida to'liq o'qish →