NUR
Amos 8
1Egamiz Rabbiy menga yana vahiy ko‘rsatdi: bir savat yetilib pishgan mevalar bor ekan.
2Egamiz mendan: — Amos, nimani ko‘ryapsan? — deb so‘radi. — Bir savat yetilgan mevani, — deb javob berdim men. So‘ng Egamiz menga shunday dedi: “Xalqim Isroil ham jazo uchun yetilib turibdi. Endi Men ularga shafqat qilmayman.
3O‘sha kuni Ma’baddagi ashulalar marsiyaga aylanadi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Hamma joyda jasadlar yotadi. Jim bo‘linglar!”