NUR
Amos 6
1Ey Quddusda rohat–farog‘atda yashaganlar, holingizga voy! Ey Samariya tog‘ida bexatar bo‘lganlar, holingizga voy! Sizlar o‘zlaringizni eng sara xalqning obro‘li odamlari deb bilasizlar, Bizga bosh bo‘linglar, deb Isroil xonadoni sizning oldingizga keladi.
2Qalney shahriga borib, uning ahvolini ko‘ringlar. U yerdan buyuk Xomat shahriga o‘tib, holini bilinglar. Filist xalqining Gat shahriga ham borib ko‘ringlar. Sizlarning bu shohliklardan afzalroq joyingiz bormidi?! Yoki yurtingiz ularnikidan kattaroqmidi?!
3Kulfat kuni kelishiga sizlar ishonmayapsizlar, Zo‘ravonlik hukmron bo‘lishiga sababchi bo‘lyapsizlar!