NUR
Amos 5
1Ey Isroil xalqi, men sen haqingda aytayotgan marsiyamga quloq solgin:
2Bokira qiz Isroil talafot ko‘rdi, Endi u hech qachon o‘zini o‘nglab olmaydi! Tashlab ketilgan, u o‘z yurtida ag‘nab yotadi, Unga turish uchun hech kim yordam bermaydi.
3Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bir shahringdan jangga chiqqan mingta jangchidan Yuztasi omon qoladi. Boshqa shahringdan jangga chiqqan yuzta jangchidan O‘ntasi omon qoladi.”