NUR
Havoriylar 9
1Shu orada Shoul Rabbimiz Isoning shogirdlariga qarshi qattiq o‘lim xavfini solib yurardi. U oliy ruhoniyning huzuriga borib,
2Damashqdagi sinagogalarga xat yozib berishini so‘radi. U yerda erkak bo‘ladimi yoki ayolmi — Isoning yo‘lidan yuruvchilarni topib olsa, ularni bog‘lab Quddusga olib kelishga ijozat so‘ragan edi.
3Shoul Damashqqa yaqinlashib qolganda, birdan osmondan bir nur uning yon–atrofini yoritib yubordi.