NUR

Havoriylar 8

1Stefanning o‘limini Shoul ma’qullagan edi. O‘sha kundan Quddusdagi imonlilar jamoati shafqatsiz quvg‘inlardan azob cheka boshladi. Havoriylardan boshqa hamma imonlilar Yahudiya va Samariya viloyatlari bo‘ylab tarqalib ketdilar.

2Taqvodor odamlar Stefanni dafn qilib, unga qattiq aza tutdilar.

3Shoul esa jamoatni yo‘q qilish payiga tushgan edi. U uyma–uy yurib, erkagu ayol imonlilarni sudrab olib chiqar, ularni qamoqxonaga tashlar edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →