NUR
Havoriylar 7
1Oliy ruhoniy Stefandan: “Shu gaplar rostmi?” deb so‘radi.
2Stefan shunday javob berdi: “ Birodarlar, otalar! Mening gaplarimga quloq solinglar. Bobomiz Ibrohim hali Xoronda yashamasdan oldin — Mesopotamiyada bo‘lgan paytda ulug‘vor Xudo unga zohir bo‘lib,
3shunday dedi: ‘O‘z yurtingdan, qarindosh–urug‘laring oldidan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko‘rsataman, o‘sha yerga borasan.’