NUR

Havoriylar 6

1Shu vaqt davomida shogirdlarning soni ortib boraverdi. Ammo shu paytda yunonzabon va oromiyzabon imonli yahudiylar orasida ziddiyat paydo bo‘ldi. Yunonzabon yahudiylar: “Kundalik oziq–ovqat taqsimlanganda, bizning bevalarimiz e’tibordan chetda qolyaptilar”, deb e’tiroz bildirdilar.

2O‘n ikki havoriy jamiki shogirdlarni yig‘ib, ularga shunday dedilar: — Biz Xudoning kalomini va’z qilishni bir chetda qoldirib, ozuqa tarqatish bilan ovora bo‘lishimiz to‘g‘ri emas.

3Birodarlar, orangizdan yetti kishini tanlanglar. Ular obro‘–e’tiborga ega, Muqaddas Ruhga va donolikka to‘lib–toshgan bo‘lsin. Ularni bu xizmatga tayin etaylik.

Nur ilovasida to'liq o'qish →