NUR
Havoriylar 27
1Bizni dengiz orqali Italiyaga jo‘natishga qaror qildilar. Shundan keyin ular Pavlusni va boshqa ba’zi mahbuslarni Imperiya qo‘shinidagi Yuliy degan yuzboshiga topshirdilar.
2Hammamiz Adramit shahridan kelgan kemaga o‘tirdik. Kema Asiya viloyatining bandargohlariga endi jo‘namoqchi bo‘lib turgan ekan. Biz yo‘lga tushdik. Salonikadan kelgan Makedoniyalik Aristarx degan odam bizga hamroh bo‘ldi.
3Ertasi kuni biz Sidon shahriga yetib keldik. Yuliy Pavlusga yaxshi munosabatda bo‘ldi, shuning uchun do‘stlari oldiga borishga va kerakli narsalarni olishga ijozat berdi.