NUR

Havoriylar 16

1Pavlus Darba va Listra shaharlariga bordi. Listrada Isoning Timo‘tiy ismli shogirdi yashardi. Uning onasi imonga kelgan yahudiy bo‘lib, otasi yunon edi.

2Listra va Ikoniyadagi imonlilar Timo‘tiy to‘g‘risida yaxshi gaplar aytishardi.

3Pavlus Timo‘tiyni o‘zi bilan birga olib ketmoqchi bo‘lib, o‘sha yerlarda yashaydigan yahudiylar sababli uni sunnat qildirdi. Chunki Timo‘tiyning otasi yunon ekanini hamma bilardi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →