NUR

Havoriylar 15

1Yahudiyadan bir necha odam Antioxiyaga kelib, imonlilarga shunday ta’lim bera boshladilar: “ Musoning qonuniga binoan sunnat qilinmasangizlar, najot topa olmaysizlar.”

2Pavlus bilan Barnabo ular bilan qizg‘in bahsu munozaraga kirishdilar. Shunda: “Pavlus bilan Barnabo hamda Antioxiyadan bir necha odam Quddusga yuborilsin”, deb qaror qilindi. Ular bu masalani havoriylar va oqsoqollar bilan muhokama qilishlari kerak edi.

3Imonlilar jamoati ularni yo‘lga kuzatib qo‘ydi. Ular Finikiya va Samariya orqali o‘tar ekanlar, g‘ayriyahudiylar qanday qilib Xudoga yuz burganini aytib berdilar. Bu xabar hamma imonlilarga katta quvonch bag‘ishladi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →