NUR
Havoriylar 14
1Xuddi shunga o‘xshash voqea Ikoniya shahrida yuz berdi: Pavlus bilan Barnabo sinagogaga kirib, otashin va’z aytdilar. Natijada bir qancha yahudiylar bilan g‘ayriyahudiylar imonga keldilar.
2Ammo imonga kelmagan yahudiylar g‘ayriyahudiylarni qayrab, ularni imonlilarga qarshi qo‘zg‘atdilar.
3Havoriylar Pavlus bilan Barnabo bu yerda uzoq vaqt qolib, Rabbimiz Iso haqida jasorat bilan gapiraverdilar. Rabbimiz ham ularga mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatish qudratini berib, O‘zining marhamati haqidagi xabarni ular orqali tasdiqladi.