NUR

2 Salonikaliklarga 2

1Rabbimiz Iso Masihning kelishi va bizning U bilan birga bo‘ladigan kunimiz haqida quyidagilarni aytsak. Birodarlar, sizlardan o‘tinib so‘raymiz,

2Rabbimiz kelibdi, degan gaplar boshingizni aylantirmasin, sizlarni xavotirga solmasin. Bunday gaplar bashorat orqali, biror xabar yoki xuddi biz yozgan xatga o‘xshash bir xat orqali kelib chiqqandir.

3Hech kim sizlarni hech qanday usul bilan aldamasin. Ko‘pchilik Xudoga qarshi bosh ko‘tarmaguncha va qabih odam kelmaguncha o‘sha kun kelmaydi. O‘sha odam halokatga mahkum qilingan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →