NUR

2 Shohlar 2

1Shundan keyin Dovud Egamizdan: — Yahudo shaharlaridan birortasiga boraymi? — deb so‘radi. — Bor! — dedi Egamiz. — Qaysi shaharga boray? — deb so‘radi Dovud. — Xevronga bor! — deb javob berdi Egamiz.

2Dovud ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl bilan o‘sha yoqqa jo‘nadi.

3Odamlarini ham oilalari bilan birga olib ketdi. Hammalari Xevron atrofidagi shaharlarga joylashdilar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →