NUR
2 Shohlar 13
1So‘ngra shunday hodisa sodir bo‘ldi: Dovudning Tamara degan go‘zal qizi bor edi. U Absalomning singlisi edi. Dovudning boshqa o‘g‘li Omno‘nga Tamara o‘gay edi. U Tamarani sevib qoldi.
2Omno‘n o‘gay singlisi Tamarani deb azob chekaverib, kasal bo‘lib qoldi. Tamara hali bokira bo‘lgani uchun, Omno‘n unga biror narsa qilishga ojiz edi.
3Omno‘nning Yonadov degan do‘sti bor edi. Yonadov Dovudning akasi Shimoning o‘g‘li bo‘lib, juda ayyor yigit edi.