NUR

2 Shohlar 1

1Shoul halok bo‘lgandan keyin, Dovud Omolek xalqini yengib, Zixlax shahriga qaytib keldi va u yerda ikki kun qoldi.

2Uchinchi kuni Shoulning qarorgohidan Dovudning oldiga bir odam keldi. U qayg‘udan kiyimlarini yirtgan, boshiga tuproq sochgan, ayanchli ahvolda edi. O‘sha odam Dovudning oldiga kelgach, muk tushib, unga ta’zim qildi.

3— Qayerdan kelyapsan? — deb so‘radi Dovud. — Isroil qarorgohidan qochib keldim, — dedi u odam.

Nur ilovasida to'liq o'qish →