NUR
2 Butrus 1
1Iso Masihning quli va havoriysi men, Shimo‘n Butrusdan, biz kabi qadrli bir imonga ega bo‘lgan birodarlarga salom! Xudoyimiz va Najotkorimiz Iso Masih odil bo‘lgani uchun hammamizga birday baraka bergan.
2Sizlar Xudoni va Rabbimiz Isoni tanib–bilar ekansiz, Xudoning cheksiz inoyati va tinchligi doim sizlarga yor bo‘lsin.
3Rabbimiz Iso O‘z ulug‘vorligi va ezguligi ila bizni da’vat etib, O‘zini bizga tanitdi. Endi biz Xudoga munosib hayot kechira olamiz, chunki Rabbimiz ilohiy qudrati bilan bizga zarur bo‘lgan barcha fazilatlarni ato etdi.