NUR

4 Shohlar 8

1Elishay o‘zi tiriltirgan bolaning onasiga shunday degan edi: — Tur o‘rningdan, o‘zing va xonadoning ahli bilan birga jo‘na. Qayerda yashay olsang, o‘sha yerda yashayver, chunki Egamiz yurtga yetti yil qahatchilik yuborishga qaror qildi.

2Ayol payg‘ambarning aytganlariga quloq soldi. Uning o‘zi va xonadoni ahli Filistlar yeriga borib, u yerda yetti yil istiqomat qildi.

3Oradan yetti yil o‘tgach, o‘sha ayol Filistlar yeridan qaytib keldi. So‘ng uyimni va dalamni qaytarib olay, deb shoh huzuriga keldi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →