NUR

4 Shohlar 2

1Egamiz Ilyosni quyun ichida osmonga ko‘tarib ketadigan vaqt keldi. Ilyos bilan Elishay Gilgal shahridan chiqib ketishayotganda,

2Ilyos Elishayga: — Sen shu yerda qol, Egamiz menga, Baytil shahriga bor, deb amr qilgan, — dedi. — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizdan hecham ayrilmayman, — dedi Elishay. So‘ngra ular Baytilga jo‘nadilar.

3Baytilda payg‘ambarlar guruhi Elishayga peshvoz chiqib: — Egamiz bugun hazratingni olib ketadi, buni bilasanmi? — deb so‘radilar. — Bilaman, — dedi Elishay, — lekin menga bu to‘g‘rida gapirmanglar.

Nur ilovasida to'liq o'qish →