NUR

4 Shohlar 10

1Axabning Samariyada yetmishta o‘g‘li bor edi. Yohu Samariya hududidagi Yizril beklariga, oqsoqollariga va Axab o‘g‘illarining murabbiylariga shu mazmunda maktub yozib yubordi:

2“Shohingizning o‘g‘illari sizlar bilan birga turibdilar, jang aravalaringiz, otlaringiz va qurol–yarog‘laringiz ham bor, o‘zlaringiz mustahkam shaharda yashaysizlar. Ushbu maktub sizlarga yetib borishi bilanoq,

3hukmdoringiz o‘g‘illaridan eng munosibini tanlab olib, otasining o‘rniga taxtga o‘tqazinglar va hukmdoringizning xonadonini himoya qilish uchun men bilan jang qilishga tayyorlaninglar.”

Nur ilovasida to'liq o'qish →