NUR

2 Korinfliklarga 7

1Ey azizlarim, Xudo bizga shunday ajoyib va’dalar bergan ekan, badanimizni va ruhimizni bulg‘ovchi har qanday narsadan o‘zimizni poklaylik. Xudodan qo‘rqib yashaylik, butunlay Xudo uchun ajratilganligimizni ko‘rsataylik.

2Bizga bo‘lgan mehringizni ko‘rsating. Biz hech kimga ozor bermadik, hech kimga ziyon keltirmadik, hech qachon o‘zimizning manfaatimizni ko‘zlab, boshqalardan foydalanmadik.

3Bularni sizga ta’na qilib aytmayapman. Axir, oldin aytganimdek, o‘lamizmi, yashaymizmi, sizlar bizning dilimizdasiz.

Nur ilovasida to'liq o'qish →