NUR

2 Korinfliklarga 2

1Yana xafagarchilik keltirib chiqarmaslik uchun sizlarning oldingizga bormaslikka qaror qildim.

2Axir, sizlarni xafa qilsam, menga xursandchilik keltiradiganlarni xafa qilgan bo‘laman–ku! Unday holda, kim meni xursand qiladi?!

3Oldingi maktubni yozganimning sababi ham shudir, toki sizlarning oldingizga borganimda oramizda xafagarchilik bo‘lmasin, axir, menga katta quvonch keltiradiganlar sizlar emasmi?! Ishonchim komilki, mening quvonchim sizlarning quvonchingizdir.

Nur ilovasida to'liq o'qish →