NUR
2 Korinfliklarga 13
1Men endi sizlarning oldingizga uchinchi marta boraman. O‘zingiz bilasiz, har bir ish ikkita yoki uchta guvohning so‘zlari asosida ko‘rib chiqiladi.
2Men sizlarning oldingizga ikkinchi marta borganimda gunoh qilganlarni ham, qolganlarni ham ogohlantirgan edim. Endi sizlarning oldingizda bo‘lmasam ham, yana ogohlantirib aytyapman, keyingi safar gunoh qilganlarning hech birini ayamayman.
3Masih men orqali gapirayotganini isbotlashimni xohlayapsiz. Mening xatti–harakatim buning dalili emasmi?! Masih sizlarga zaiflik bilan munosabat qilmaydi, U orangizda O‘z qudratini namoyish qilmoqda.