NUR
2 Korinfliklarga 11
1Qaniydi, sizlar mening ozgina axmoqlik qilishimga chidasangiz! Ilojingiz qancha? Axir, qarang, sizlar menga chidab kelyapsizlar–ku!
2Men sizlarni Xudoning rashki bilan qizg‘anyapman, chunki go‘yo bir pok bokira qizni yagona erga nikohlaganday, sizlarni Masihga taqdim etmoqchiman.
3Ammo Momo Havo ilonning yolg‘on–yashiqlariga ishonib, yo‘ldan ozdirilgani kabi, sizlarning ham o‘y–xayollaringiz buzilmasin, siz o‘zingizni chin yurakdan, samimiylik bilan Masihga bag‘ishlaganingizni unutib qo‘yasiz, degan xavotirdaman.