NUR
2 Korinfliklarga 10
1Masihning O‘zi ko‘rsatgan muloyimlik va mehribonlik bilan sizlardan iltijo qilaman. Ba’zilar men haqimda, “Pavlus shaxsan oramizda bo‘lganda mo‘min–u, uzoqda bo‘lganda esa juda jasur ekan–a!” deb aytayotgan ekan.
2Ba’zilar meni bo‘shang odam, deb aytayotgan ekan. Men albatta bunday odamlarga qattiq muomila qilaman. Sizlardan o‘tinaman, sizlarga qattiq gapirishga meni majbur qilmanglar.
3Biz inson bo‘lib, bu dunyoda yashasak ham, bashariy kuch bilan jang qilmaymiz.